Asosiy kontentga o'tish
FARAWEB.UZ — Faraweb.uz bosh sahifa

Maxfiylik siyosati

Hujjat loyihasi. Yakuniy matn yuridik tekshiruvdan so'ng e'lon qilinadi.

Qanday ma'lumot yig'amiz

Test javoblari, ism, biznes nomi, telefon, email, veb-sayt manzili va ixtiyoriy ijtimoiy tarmoq havolasi; shuningdek reklama manbasi (UTM) va texnik ma'lumotlar (IP manzil, brauzer).

Nima uchun

Shaxsiy tahlil tayyorlash, arizangizni ko'rib chiqish va siz bilan bog'lanish uchun. Marketing xabarlari faqat alohida roziligingiz bilan yuboriladi.

AI xizmatlari

Tahlil matnini tayyorlash uchun javoblaringiz (ism, telefon va emailsiz) AI xizmatiga yuborilishi mumkin.

Ichki xabarnomalar

Yangi ariza haqida qisqa xabar (ism, aloqa ma'lumotlari va javoblar xulosasi) faqat Faraweb jamoasining yopiq Telegram kanaliga yuboriladi.

Email

Test yakunlangach, emailingizga shaxsiy hisobot havolasi bir marta yuboriladi. Bu xizmat xati, reklama emas.

Reklama samaradorligi

Agar cookie banerida "Reklama"ga ruxsat bersangiz, ariza yuborilgani haqidagi hodisa Meta'ga serverdan ham yuboriladi (brauzer identifikatorlari, IP va brauzer turi bilan; ism, telefon va emailsiz).

Qayerda saqlanadi

Ma'lumotlar xostinq provayderimiz serverlarida himoyalangan holda saqlanadi. Saqlash joyi va qonunchilik talablari yuridik tekshiruvda aniqlanmoqda.

Qancha saqlanadi

Oxirgi muloqotdan keyin belgilangan muddat davomida, so'ng o'chiriladi yoki anonimlashtiriladi.

Huquqlaringiz

Ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish yoki o'chirishni so'rashingiz mumkin — biz bilan bog'laning.